Muhammad al-Xorazmiy maktabi Toshkentda bo’lib o’tgan «ICTEXPO 2018» ko’rgazmasida ishtirok etdi

Muhammad al-Xorazmiy maktabi Toshkentda bo’lib o’tgan «ICTEXPO 2018» ko’rgazmasida ishtirok etdi

So'ngi Yangiliklar
2018-yil 26-Sentabr kuni Toshkentda «ICTEXPO 2018» ko’rgazmasi ish boshladi. AKT haftaligining tadbiri“O’zekspomarkaz” da bo’lib o’tmoqda.«ICTEXPO» ko’rgazmasi yilda bir marotaba o’tkaziladi, ushbu ko’rgazma uch kun 26-28 sentabr kunigacha davom etadi.«ICTEXPO 2018» o’tkazilishidan maqsad axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasidagi yutuqlarni keng namoyish qilishdir.Ko’rgazmada 50 dan ziyod kompaniyalar, soha ta’lim muassasalari va davlat korxonalari qatnashishdi.Shular qatorida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab ham o’z ko’rgazmalari bilan ishtirok etdi. Ko’rgazmada maktab faoliyati, ya’niy o’quv jarayoni, boshqa maktablardan farqi, shuningdek maktab oldiga qo’yilgan vazifalar, imkoniyatlar va kelgusidagi rejalari haqida tashrif buyurganlarga ma’lumot berib o’tildi. 
Batafsil
Biz 1 yoshga to’ldik

Biz 1 yoshga to’ldik

Barcha Tadbirlar
Ulug’ alloma Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosini qadrlash, uni yosh avlod ongiga chuqur singdirish, o’quvchilarning aniq fanlarni yuksak marralarini zabt etishiga ko’maklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorlarini aniqlash hamda qobiliyatlarini ro’yobga chiqrish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.09.2017 yil. PQ 3274 qarori qabul qilindi.2018 yil 14 sentabr maktabning tashkil etilganiga bir to’ldi. Ushbu kun munosabati bilan maktabda bayram tadbiri tashkil etildi. Erta tongdan ustozlar va o’quvchilarni maktabning Yoshlar ittifoqi etakchilari musiqa navolari ostida kutib oldilar.
Batafsil