Ulug’ alloma Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosini qadrlash, uni yosh avlod ongiga chuqur singdirish, o’quvchilarning aniq fanlarni yuksak marralarini zabt etishiga ko’maklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorlarini aniqlash hamda qobiliyatlarini ro’yobga chiqrish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.09.2017 yil. PQ 3274 qarori qabul qilindi.

2018 yil 14 sentabr maktabning tashkil etilganiga bir to’ldi. Ushbu kun munosabati bilan maktabda bayram tadbiri tashkil etildi. Erta tongdan ustozlar va o’quvchilarni maktabning Yoshlar ittifoqi etakchilari musiqa navolari ostida kutib oldilar.