2018-yil 26-Sentabr kuni Toshkentda «ICTEXPO 2018» ko’rgazmasi ish boshladi. AKT haftaligining tadbiri
“O’zekspomarkaz” da bo’lib o’tmoqda.
«ICTEXPO» ko’rgazmasi yilda bir marotaba o’tkaziladi, ushbu ko’rgazma uch kun 26-28 sentabr kunigacha davom etadi.
«ICTEXPO 2018» o’tkazilishidan maqsad axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasidagi yutuqlarni keng namoyish qilishdir.
Ko’rgazmada 50 dan ziyod kompaniyalar, soha ta’lim muassasalari va davlat korxonalari qatnashishdi.
Shular qatorida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab ham o’z ko’rgazmalari bilan ishtirok etdi. Ko’rgazmada maktab faoliyati, ya’niy o’quv jarayoni, boshqa maktablardan farqi, shuningdek maktab oldiga qo’yilgan vazifalar, imkoniyatlar va kelgusidagi rejalari haqida tashrif buyurganlarga ma’lumot berib o’tildi.