Farzandiga kasb  tanlashda yordam berishni istaydigan ota-onalarga 4 maslahat.

Farzandiga kasb tanlashda yordam berishni istaydigan ota-onalarga 4 maslahat.

Psixologiya
Maktab o’quvchilarining hammasi ham adabiyotdan o’qilishi kerak bo’lgan dasturni mutolaa qilishga qodir emas, biz esa ular butun umri davomida bajaradigan kasbni tanlashlarini istaymiz. Ota-onalar bitiruvchilarga qayerga o’qishga borishni aytishlari va farzandining kelajagiga putur yetkazmasliklari kerak. Ota onaning farzandiga tanlovni amalga oshirishda yordam berishga oshiqishi normal holat. Masala buni qanday qilib amalga oshirishni bilishda. 1.Bolada mustaqillikni tarbiyalang Afsuski, bu bilan bitiruvga bir-ikki yil qolganida shug’ullanish biroz kech. Mustaqil bolani tug’ilganidan boshlab tarbiyalash kerak. Biroq buni boshlashning kechi yo’q. Kasbga yo’naltirishning asosiy qoidasi oddiy: Bola kasbni o’zi tanlashi lozim. 2. Qaysi kasblarga talab borligini o’rganing Faqat “obro’li” emas, haqiqatan ham talab katta bo’lganlarini bilish kerak. Buni tushunish uchun reytinglarni o’qish shart emas. Ish topishda yordam beradigan saytlarni ochib, vakansiyalarni diqqat bilan kuzatish lozim. Vakansiyalarni ko’zdan kechirish kasbning mashhurligini, kutilayotgan maoshni va ishlash…
Batafsil

Оta-onalar majlisi xaftaligi

Barcha Tadbirlar, Ota-onalarga
2018 yil 8 oktabrdan 27 oktabrgacha Muxammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda barcha sinflar kesimida ota-onalar majlisi xaftaligi o’tkazildi. Majlis uch qisimdan iborat bo’lib, unda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va o’quv ishlari bo’yicha director o’rinbosarlari maktab tartib qoidalari, shuningdek ixtisoslashtirilgan fanlar dasturlari bo’yicha ma’lumot berib o’tdilar. Maktab psixologi tomonidan o’smirlik davrida bolaning tarbiyasi bo’yicha ota-onalar uchun maslahatlar va seminar treninglar o’tkazildi. Shuningdek ota-onalar majlisi haftaligi doirasida maktabda o’tkazilgan tadbirlar bo’yicha video lavhalar namoyish etildi. Tadbirlarda faol ishtirok etgan o’quvchilarga va ularning ota-onalariga sovg’a va tashakkurnomalar taqdim etildi.
Batafsil
О’zbek tilliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabati bilan “Til millat – ko’zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir.

О’zbek tilliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabati bilan “Til millat – ko’zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir.

Barcha Tadbirlar
2018 yilning 20 oktabr kuni Muxammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Ona-tili va adabiyot uslubiy birlashmasi tomonidan o’zbek tilliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabati bilan “Til millat – ko’zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga Filologiya fanlari nomzodi adabiyotshunos olim Madayev O.A., matematika fanlari nomzodi Mirzahmedov M.A, pedagogika fanlari nomzodi, xalq ta’limi a’lochisi “Mehnat faxriysi” medal sohibi Tadjiyev A.F taklif etildi. Hammamizga ma’lumki, tilga muhabbat har bir kishining xalqiga bo’lgan muhabbatidir. Har bir millatning dunyoda borligini ko’rsatadigan oyna hayoti bu til va adabiyotdir. Ushbu hayot oynasi bugungi kun yoshlari qalbida katta o’rin egallab kelmoqda. Taklif etilgan mehmonlar tomonidan “O’zbekiston Respublikasining Davlat tili to’g’risida”gi Qonun qabul qilinishi tarixi, unga sabab bo’lgan omillar haqida so’zladi, uning o’zbek millatining, milliy qadriyatlarning shakillanishi va milliy tilning barkamol avlod ma’naviy tarbiyasida ahamiyati haqida so’zladi.…
Batafsil

“ALGO” loyihasi

Barcha Tadbirlar, Loyihalar
19 oktabr 2018 yili Muxammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “ALGO” loyihasining matematikaga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.Tadbir maktabdagi barcha sinf o’quvchilariga mo’ljallangan bo’lib, unda spikerlar maktab direktori Abdullayev A.X.xalqaro matematika olimpiadalari sovrindori Xaydarov F., 11 sinf o’quvchilari Shermatova N. va Abdullayev L ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.Tadbirda “ALGO” loyihasining asosiy vazifalari va undan kutilayotgan natijalar hamda”Xayotda muvaffaqiyatga erishish sirlari” prezentasiyasi namoyish etildi. Shuningdek xalqaro matematika olimpiadalaridagi qiziqarli voqealar va faktlar to’g’risida ma’lumot berib o’tildi. Tadbir davomida yuqori sinf o’quvchilari tomonidan matematika fanlari doktori, akademik Roziqov O’tkirning “Matematik bilyard” nomli kitobidagi misollar o’quvchilarga oson va tushunarli tilda hayotiy misollar orqali yetkazib berildi.Loyiha so’ngida maktab o’quvchilari uchun qiziqarli viktorina savol-javoblari bo’lib o’tdi.
Batafsil
Shaxmat musobaqasi

Shaxmat musobaqasi

Barcha Tadbirlar
Oktabr oyining uchinchi haftasi Al-Xorazmiy maktabidagi shaxmat sportiga mehr qo’ygan o’quvchilar uchun unutilmas hafta bo’ldi desak also mubolag’a bo’lmaydi. Zero, 15-17 oktabr kunlari maktabimiz o’quvchilari orasida shaxmat musobaqasi tashkillashtirildi. Uch kun davom etgan musobaqada maktabimizning qiz bola va o’g’il bola o’quvchilari alohida ikki guruhga bo’lingan holda bellashdilar. I guruh o’z ichiga 5,6,7 - sinflarni qamrab olgan bo’lsa, II guruhda 8,9 - sinf o’quvchilari ishtirok etishdi. Musobaqaga bo’lgan qiziqish shu darjada oshib kettiki, har bir sinfdan o’nlab ishtrokchilar o’z kuchlarini sinab ko’rish uchun shaxmat taxtasi qarshisida yig’ilishdi. Murosasiz kechgan bahslardan so’ng, nihoyat, 17 oktabr kuni musobaqaning g’oliblari aniqlandi. Bular Mirzasharipov F- 5”B”​ Doniyorov M. -5”B” Mahmudov K. - 8”A” Qobiljonova - 8“G”                  
Batafsil
1 Oktabr – “O’qituvchilar kuni”

1 Oktabr – “O’qituvchilar kuni”

Barcha Tadbirlar
1 oktabr - "O'qituvchilar kuni" mamlakatimizning barcha hududlarida va ta'lim muassasalarida keng nishonlanmoqda. Jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maxsus maktabda bayram tadbiri tashkil etildi. Maktab direktori Amirulla Abdullaev o'z nutqida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan bir guruh mutaxassislarni taqdirladi - bu ilm-fan va texnologiyani iqtidorli yoshlarga o'rgatadigan o'qituvchilar borligi yorqin misoldir. Davlatimiz rahbari e'tiborini ushbu sohaga qaratganini ta'kidlab, ularga samimiy tilaklarimni izhor etdi. Keyin ular iqtidorli yoshlar bilan ishlashda davom etayotgan o'qituvchilarga va maktabda zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishiga yordam berdi. Shundan so'ng maktab o'quvchilari musiqa ijro etishdi. Yosh ijrochilar o'qituvchilarni quvontirdilar.
Batafsil