Oktabr oyining uchinchi haftasi Al-Xorazmiy maktabidagi shaxmat sportiga mehr qo’ygan o’quvchilar uchun unutilmas hafta bo’ldi desak also mubolag’a bo’lmaydi. Zero, 15-17 oktabr kunlari maktabimiz o’quvchilari orasida shaxmat musobaqasi tashkillashtirildi. Uch kun davom etgan musobaqada maktabimizning qiz bola va o’g’il bola o’quvchilari alohida ikki guruhga bo’lingan holda bellashdilar. I guruh o’z ichiga 5,6,7 – sinflarni qamrab olgan bo’lsa, II guruhda 8,9 – sinf o’quvchilari ishtirok etishdi. Musobaqaga bo’lgan qiziqish shu darjada oshib kettiki, har bir sinfdan o’nlab ishtrokchilar o’z kuchlarini sinab ko’rish uchun shaxmat taxtasi qarshisida yig’ilishdi. Murosasiz kechgan bahslardan so’ng, nihoyat, 17 oktabr kuni musobaqaning g’oliblari aniqlandi. Bular

Mirzasharipov F- 5”B”​
Doniyorov M. -5”B”

Mahmudov K. – 8”A”
Qobiljonova – 8“G”