19 oktabr 2018 yili Muxammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “ALGO” loyihasining matematikaga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbir maktabdagi barcha sinf o’quvchilariga mo’ljallangan bo’lib, unda spikerlar maktab direktori Abdullayev A.X.xalqaro matematika olimpiadalari sovrindori Xaydarov F., 11 sinf o’quvchilari Shermatova N. va Abdullayev L ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Tadbirda “ALGO” loyihasining asosiy vazifalari va undan kutilayotgan natijalar hamda”Xayotda muvaffaqiyatga erishish sirlari” prezentasiyasi namoyish etildi. Shuningdek xalqaro matematika olimpiadalaridagi qiziqarli voqealar va faktlar to’g’risida ma’lumot berib o’tildi. Tadbir davomida yuqori sinf o’quvchilari tomonidan matematika fanlari doktori, akademik Roziqov O’tkirning “Matematik bilyard” nomli kitobidagi misollar o’quvchilarga oson va tushunarli tilda hayotiy misollar orqali yetkazib berildi.
Loyiha so’ngida maktab o’quvchilari uchun qiziqarli viktorina savol-javoblari bo’lib o’tdi.