2018 yilning 20 oktabr kuni Muxammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Ona-tili va adabiyot uslubiy birlashmasi tomonidan o’zbek tilliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabati bilan “Til millat – ko’zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirga Filologiya fanlari nomzodi adabiyotshunos olim Madayev O.A., matematika fanlari nomzodi Mirzahmedov M.A, pedagogika fanlari nomzodi, xalq ta’limi a’lochisi “Mehnat faxriysi” medal sohibi Tadjiyev A.F taklif etildi.
Hammamizga ma’lumki, tilga muhabbat har bir kishining xalqiga bo’lgan muhabbatidir. Har bir millatning dunyoda borligini ko’rsatadigan oyna hayoti bu til va adabiyotdir. Ushbu hayot oynasi bugungi kun yoshlari qalbida katta o’rin egallab kelmoqda. Taklif etilgan mehmonlar tomonidan “O’zbekiston Respublikasining Davlat tili to’g’risida”gi Qonun qabul qilinishi tarixi, unga sabab bo’lgan omillar haqida so’zladi, uning o’zbek millatining, milliy qadriyatlarning shakillanishi va milliy tilning barkamol avlod ma’naviy tarbiyasida ahamiyati haqida so’zladi.
“Til –har bir millatning ajralmas mulkidir. Toki til bor ekan xalq barhayotdir deb ta’kidlab o’tdilar. Shuningdek o’quvchilar bilan mavzuga oid viktorinalar o’tkazildi.
Tadbir doirasida maktab o’quvchilari nafaqat aniq fanlar va axborot texnologiyalari, balki adabiyot va san’at sohasiga bo’lgan qiziqishlarini ham namoyish etib, atoqli shoir va adiblar ijodidan she’r va lavhalarini o’qib eshittirdilar.