2018 yil 8 oktabrdan 27 oktabrgacha Muxammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda barcha sinflar kesimida ota-onalar majlisi xaftaligi o’tkazildi. Majlis uch qisimdan iborat bo’lib, unda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va o’quv ishlari bo’yicha director o’rinbosarlari maktab tartib qoidalari, shuningdek ixtisoslashtirilgan fanlar dasturlari bo’yicha ma’lumot berib o’tdilar.
Maktab psixologi tomonidan o’smirlik davrida bolaning tarbiyasi bo’yicha ota-onalar uchun maslahatlar va seminar treninglar o’tkazildi. Shuningdek ota-onalar majlisi haftaligi doirasida maktabda o’tkazilgan tadbirlar bo’yicha video lavhalar namoyish etildi. Tadbirlarda faol ishtirok etgan o’quvchilarga va ularning ota-onalariga sovg’a va tashakkurnomalar taqdim etildi.