Maktab o’quvchilarining hammasi ham adabiyotdan o’qilishi kerak bo’lgan dasturni mutolaa qilishga qodir emas, biz esa ular butun umri davomida bajaradigan kasbni tanlashlarini istaymiz. Ota-onalar bitiruvchilarga qayerga o’qishga borishni aytishlari va farzandining kelajagiga putur yetkazmasliklari kerak. Ota onaning farzandiga tanlovni amalga oshirishda yordam berishga oshiqishi normal holat. Masala buni qanday qilib amalga oshirishni bilishda.

1.Bolada mustaqillikni tarbiyalang
Afsuski, bu bilan bitiruvga bir-ikki yil qolganida shug’ullanish biroz kech. Mustaqil bolani tug’ilganidan boshlab tarbiyalash kerak. Biroq buni boshlashning kechi yo’q. Kasbga yo’naltirishning asosiy qoidasi oddiy:
Bola kasbni o’zi tanlashi lozim.
2. Qaysi kasblarga talab borligini o’rganing
Faqat “obro’li” emas, haqiqatan ham talab katta bo’lganlarini bilish kerak. Buni tushunish uchun reytinglarni o’qish shart emas. Ish topishda yordam beradigan saytlarni ochib, vakansiyalarni diqqat bilan kuzatish lozim.
Vakansiyalarni ko’zdan kechirish kasbning mashhurligini, kutilayotgan maoshni va ishlash istagida bo’lganlar qo’yiladigan talablarni baholashda yordam beradi. Balki orzudagi yo’nalishda o’qish uchun oliy ma’lumotni o’zi kamlik qilar, parallel ravishda xorijiy tilni o’rganish va qandaydir kurslarga borish kerak bo’ladi.

3. Kasbni ichidan ko’rsating
Kattalar turli kasb egalari bo’lgan ko’plab tanishlarga ega. Do’stlaringizdan bolangizga u ishda nima bilan shug’ullanishini gapirib berishini so’rang. Kundalik odatiy ishlar haqida eshitish muhim. Masalan xat yozishga to’g’ri kelishi, real sharoitlarda qanday qilib chizmalar chizilishi, tongda roppa-rosa sakizda ishga kelish kerakligi, hisobotlarni to’ldiridh va buhgalteriyada choy ichish kabi. Ko’pgina korhonalarda ochiq eshiklar kunlari o’tkaziladi. Bunday tadbirlarda to’g’ri savol berish kerak: yuqori ko’rsatkich va oliy maqsad haqida emas, kundalik yumushlar, ish joylarining tashkil etilishi kabi.
4.Maktabdagi sevimli fan va kasbni adashtirmang
Standart mantiq: matematikadan yahshi o’qiydi-“kompyuterchilik”ka o’qishga borish kerak, adabiyotdan bilimi a’lo-filologik, hech narsaga qiziqmaydi-menejyer bo’la qolsin. Bilimdan kelib chiqib ishni tanlash o’rniga bilimni maqsadga qarab oshirib borish zarur. Sevimli fanni emas, bola mehnat qilib, yahshi haq to’lanadigan kasbni tanlashi kerak.
Bolaga yordam berish uchun nima qilish kerakligi haqida qisqacha:
O’z tanlovingizni unga majburlab o’tkazmaslik, nima qilishni aniqlashni bolaga qo’yib berish.
Hozirda qaysi kasblar kerakligi haqida gapirish.
Test yoki jurnaldagi bahoga qarab emas, bolani qiziqtiradigan kasblarni taklif qilish.
Turli kasblar haqida maksimal darajada ma’lumot berish.
Yaqqol aniq bo’lmagan qarorlarni ko’rsatish: shahringizda mashhur bo’lmagan kasblar.
Diplom uchun o’qishga majburlamaslik: yahshisi bir necha yil o’z o’zini aniqlash va keyin ideal kasbni tanlagan ma’qul.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan