Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli va qiziqarli o’tkazish maqsadida Muxammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 5-6 sinf o’quvchilari o’rtasida 2018 yil 3 noyabr kuni “Iste’dod” ko’rik tanlovi o’tkazildi.
Ko’rik tanlovda har bir ishtirokchi o’zining qobiliyatlarini va iste’dodlarini, ya’niy rassomchilik, qo’l mehnati dizaynerlik, qo’shiq, raqs, xotira mustahkamligini aniqlash kabi yo’nalishlarda o’z qobiliyatlarini namoyish etdilar. Ularning iste’dodlari hay’at a’zolari tomonidan baholab borildi.