Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 2019 yil 7-mart kuni “8-mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Bahor nashidasini tarannum etuvchi musiqalar ertalabdan maktab xovlisida yangradi.
Tadbirda maktab ma’muriyati va maktabning kasaba uyushmasi ayollarga Faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari taqdim etdi. Shuningdek o’quvchilar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi.