2019 yilning 25 martida ikkinchi marotaba O’zbekistonda maktab o’quvchilari uchun “Cheksiz Kenguru” matematik tanlov-o’yinini o’tkazildi. 

              “Kenguru” tanlovi oddiy matematik olimpiadalardan juda farq qiladi. Avstraliyalik matematik Piter Xollora uni 20-asrning 80-yillarning boshlarida, eng oddiy maktab o’quvchilariga matmetika qanchalik quvnoq va qiziqarli bo’lishi mumkinligini ko’rsatish maqsadida yaratgan. 

              Shu sababli tanlov dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlarida maktab o’quvchilari va o’qituvchilarning qalbini zabt etgan. Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining o’quvchilari ham tanlovda ishtirok etdilar. Tanlov bayramona kayfiyat bilan o’tkazildi. Bolajonlarimiz bir dunyo quvonch olushdi.

FOTO LAVHALAR: