So’ngi qo’ng’iroq 2019

So’ngi qo’ng’iroq 2019

Barcha Tadbirlar, Ota-onalarga, So'ngi Yangiliklar
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining birinchi bitiruvchilariga “So’ngi qo’ng’iroq 2019”  tantanali marosimi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi 3274-son qarori asosida tashkil etilgan. 2019 yil 25-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning bitiruvchilariga “So’ngi qo’ng’iroq 2019” tantanali  marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,  Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari, maktabning fahriy ustozlari va ota-onalar ishtirok etdi. Tadbir davomida maktab o’quvchilari tomonidan musiqali chiqishlar va sherlar aytildi. Shuningdek bitiruvchilar tomonidan so’ngi “Hayir maktabim” raqsi namoyish etildi va so’ngi qo’ng’iroq chalindi.
Batafsil
“Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Bolaga kitob sovgʼa qiling!” xayriya aktsiyasi

“Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Bolaga kitob sovgʼa qiling!” xayriya aktsiyasi

Barcha Tadbirlar, So'ngi Yangiliklar
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 15 may “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Bolaga kitob sovgʼa qiling!” xayriya aktsiyasi bir qancha hamkor tashkilotlar tomonidan oʼtkazildi. Shuningdek tadbirga Toshkent shahridagi Inha universiteti, Mirzo Ulugʼbek tumanining imom xatibi va “Navnihol” maxallasi vakillari taklif etildi. Maktab oʼquvchilari ishtirokida dilrabo kuy va qoʼshiqlar, teatrlashtirilgan sahna koʼrinishlari va qiziqarli tomoshalar namoyishi ham barchaga birday manzur boʼldi. Tadbir doirasida maktab oʼquvchilari tomonidan tayyorlangan qoʼl mehnatlari va rasmlar koʼrgazmalari namoiy etildi. Xayriya aktsiyasi 15 maydan 29 mayga qadar davom etadi. Xayriya aktsiyasidan tushgan kitoblar va moddiy mablagʼlar Respublika Gematologiya va qon quyish ilmiy tadqiqot institutida davolanayotgan bolalarga topshiriladi.
Batafsil
Ishlab chiqarish korxonalariga sayohat

Ishlab chiqarish korxonalariga sayohat

Barcha Tadbirlar, Ota-onalarga, So'ngi Yangiliklar
Yoshlarni kasbiy yo’naltirish bilan bo’lga qiziqtirini oshirish, shuningdek  ishlab chiqarish bilan tanishtirish maqsadida Muhammad al - Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilar uchun "Crafers" qandolat fabrikasiga sayyohat uyushtirildi. Bolajonlarimiz tashkillashtirilgan sayyohatdan juda mamnun bo'lishdi. Nafaqat bolajonlar xattoki ustozlarga ham juda qiziq bo'ldi. Kundalik hayotimizga turli xil shirinliklar yeymiz, lekin biror marotaba ular qanday tayyorlanishini ko'rmaganmiz. Bu sayyohat mana shunday qiziquvchan bolajonlar uchun zo'r imkoniyat bo' ldi.  
Batafsil
“Muhammad al- Xorazmiy izdoshlari” ko‘rik-tanlovining 2- bosqichi haqida ma‘lumot va ishtirokchilar ro‘yxati / Сведения о проведении 2 тура конкурса “Последователей Мухаммада аль-Хоразми” и список участников

“Muhammad al- Xorazmiy izdoshlari” ko‘rik-tanlovining 2- bosqichi haqida ma‘lumot va ishtirokchilar ro‘yxati / Сведения о проведении 2 тура конкурса “Последователей Мухаммада аль-Хоразми” и список участников

Barcha Tadbirlar, Loyihalar, Ota-onalarga, So'ngi Yangiliklar
“Muhammad al- Xorazmiy izdoshlari” ko‘rik-tanlovining 2- bosqichi haqida ma‘lumot va ishtirokchilar ro‘yxati 2019 yil 18 may soat 900 da “Muhammad al- Xorazmiy izdoshlari” ko‘rik- tanlovining ikkinchi (mintaqaviy) bosqichi bo‘lib o‘tadi. Birinchi bosqichda 80 va undan yuqori ball olgan ishtirokchilar Muhammad al- Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida va uning Samarqand, Farg‘ona, Urganch, Qarshi va Nukus shaharlaridagi filiallarida bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar mazkur belgilangan mintaqalarda ishtirok etishi uchun shaxsni tasdiqlaydigan xujjat asl nusxasi (pasport yoki tug‘ilganlik guvohnoma), shuningdek tegishli umumiy o‘rta maktab tomonidan berilgan (10-11 sinfda o‘qiyotkanligi to‘g‘risida) ma’lumotnoma bilan ishtirok etishlari talab etiladi. Ko‘rik tanlovning nizomiga muvofiq maktablarning 8, 9 sinf o‘quvchilari va lisey-kollejlarda tahsil olayotgan o‘quvchilar tanlovda ishtirok etishlari mumkin emas. Сведения о проведении 2 тура конкурса “Последователей Мухаммада аль-Хоразми” и список участников 18 мая 2019 года в 900 часов будет…
Batafsil