Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 15 may “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Bolaga kitob sovgʼa qiling!” xayriya aktsiyasi bir qancha hamkor tashkilotlar tomonidan oʼtkazildi. Shuningdek tadbirga Toshkent shahridagi Inha universiteti, Mirzo Ulugʼbek tumanining imom xatibi va “Navnihol” maxallasi vakillari taklif etildi.

Maktab oʼquvchilari ishtirokida dilrabo kuy va qoʼshiqlar, teatrlashtirilgan sahna koʼrinishlari va qiziqarli tomoshalar namoyishi ham barchaga birday manzur boʼldi.

Tadbir doirasida maktab oʼquvchilari tomonidan tayyorlangan qoʼl mehnatlari va rasmlar koʼrgazmalari namoiy etildi.

Xayriya aktsiyasi 15 maydan 29 mayga qadar davom etadi. Xayriya aktsiyasidan tushgan kitoblar va moddiy mablagʼlar Respublika Gematologiya va qon quyish ilmiy tadqiqot institutida davolanayotgan bolalarga topshiriladi.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan