Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining birinchi bitiruvchilariga “So’ngi qo’ng’iroq 2019”  tantanali marosimi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi 3274-son qarori asosida tashkil etilgan. 2019 yil 25-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning bitiruvchilariga “So’ngi qo’ng’iroq 2019” tantanali  marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,  Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari, maktabning fahriy ustozlari va ota-onalar ishtirok etdi. Tadbir davomida maktab o’quvchilari tomonidan musiqali chiqishlar va sherlar aytildi. Shuningdek bitiruvchilar tomonidan so’ngi “Hayir maktabim” raqsi namoyish etildi va so’ngi qo’ng’iroq chalindi.  

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan