Bitiruvchi 2019

Bitiruvchi 2019

Barcha Tadbirlar, Ota-onalarga, So'ngi Yangiliklar
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining birinchi bitiruvchilariga “Bitiruvchi 2019”  shahodatnoma topshirish marosimi. 2019 yil 25-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktabning bitiruvchilariga shahodatnomalar taqdim etish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari O.Umarov ishtirok etdi. U maktab bitiruvchilarini tabriklar ekan, bugun mamlakatimizda yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy bilimlarga ega boʻlishlari uchun alohida eʼtibor qaratilayotgani, mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan bir qator loyihalar bevosita ushbu maktab oʻquvchilari va talabalar ishtirokida amalga oshirilayotganini eʼtirof etdi. Ushbu marosim doirasida “Muhammad al-Xorazmiy izdoshlari” respublika tanlovida yuqori natijalarga erishgan 10 nafar oʻquvchi Vazirlikning sertifikat va sovgʻalar bilan taqdirlandi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi 3274-son qarori asosida…
Batafsil
“Mehr ulash” aksiyasi ishtirokchilari.

“Mehr ulash” aksiyasi ishtirokchilari.

So'ngi Yangiliklar
"1 Iyun - Bolalarni himoya qilish kuni " munosabati bilan "Mehr ulash" aksiyasi ishtirokchilari. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 15 may "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan "Kitob xayriya aksiyasi" ning ochilish marosimi bo'lib o'tgan edi. Eslatib o'tamiz xayriya aksiyamiz 15 maydan 29 maygacha davom etdi. 30 may kuni "1 Iyun - Bolalarni himoya qilish kuni " munosabati bilan maktabning ustozlar, ota -onalar va o'quvchilari bilan birgalikda "Mehr ulash" aksiyasida qatnashdi. Aksiya doirasida xayriyadan tushga kitoblar va moddiy mablaglar Respublika Gematologiya va qon qiyish institutida davolanayotgan bolajonlarga maktab nomidan topshirildi. Tadbir doirasida maktab o'quvchilari tomonidan musiqali chiqishlar bo'lib o'tdi.O'quvchilarimiz bolajonlarga maktab o'quvchilari tomonida yozib qoldirilgan tilaklik kitoblarini topshirdi. Bolajonlarning quvonchi cheksiz ekanligi yaqqol ko'rinib turar edi. Shu kabi tadbirlarni o’tkazilib borilishi nafaqat yoshlarda balki barchamizda mehr oqibat shakillanishi va kitobga bo’lgan…
Batafsil