“1 Iyun – Bolalarni himoya qilish kuni ” munosabati bilan

“Mehr ulash” aksiyasi ishtirokchilari.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 15 may “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Kitob xayriya aksiyasi” ning ochilish marosimi bo’lib o’tgan edi. Eslatib o’tamiz xayriya aksiyamiz 15 maydan 29 maygacha davom etdi. 30 may kuni “1 Iyun – Bolalarni himoya qilish kuni ” munosabati bilan maktabning ustozlar, ota -onalar va o’quvchilari bilan birgalikda “Mehr ulash” aksiyasida qatnashdi. Aksiya doirasida xayriyadan tushga kitoblar va moddiy mablaglar Respublika Gematologiya va qon qiyish institutida davolanayotgan bolajonlarga maktab nomidan topshirildi. Tadbir doirasida maktab o’quvchilari tomonidan musiqali chiqishlar bo’lib o’tdi.O’quvchilarimiz bolajonlarga maktab o’quvchilari tomonida yozib qoldirilgan tilaklik kitoblarini topshirdi. Bolajonlarning quvonchi cheksiz ekanligi yaqqol ko’rinib turar edi. Shu kabi tadbirlarni o’tkazilib borilishi nafaqat yoshlarda balki barchamizda mehr oqibat shakillanishi va kitobga bo’lgan muhabbatning ortishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.  

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan