Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining birinchi bitiruvchilariga “Bitiruvchi 2019”  shahodatnoma topshirish marosimi.

2019 yil 25-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktabning bitiruvchilariga shahodatnomalar taqdim etish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari O.Umarov ishtirok etdi. U maktab bitiruvchilarini tabriklar ekan, bugun mamlakatimizda yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy bilimlarga ega boʻlishlari uchun alohida eʼtibor qaratilayotgani, mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan bir qator loyihalar bevosita ushbu maktab oʻquvchilari va talabalar ishtirokida amalga oshirilayotganini eʼtirof etdi. Ushbu marosim doirasida “Muhammad al-Xorazmiy izdoshlari” respublika tanlovida yuqori natijalarga erishgan 10 nafar oʻquvchi Vazirlikning sertifikat va sovgʻalar bilan taqdirlandi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi 3274-son qarori asosida tashkil etilgan. Joriy yilda jami 23 nafar 11-sinf bitiruvchilarining 13 nafari muddatidan oldin yurtimizdagi xalqaro nufuzli oliy oʻquv yurtlarining talabalari boʻlishdi. Jumladan, 9 nafar oʻquvchi Toshkent shahridagi Inha universitetiga, 4 nafari esa Toshkent Xalqaro Vestminster universitetiga qabul qilindi.  

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan