Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning 2019-2020 o‘quv yili uchun 5-sinfga qabul imtihonlari joriy yilning 25-avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Ziyolilar ko‘chasi 4-uyda joylashgan Toshkent INHA universitetida bo‘lib o‘tadi.
Imtixon Toshkent INHA Universiteti tomonidan o‘tkaziladi!
2019 yil 24-avgust kuni xujjat topshirgan o‘quvchilar va ota-onalar bilan imtihondan avval yig‘ilish Toshkent INHA universitetida o‘tkaziladi.

1-smena.
yig‘ilishga ro‘yxatga olish 24-avgust soat 8:30 dan 9:30 gacha.
yig‘ilish va DTM olish vaqti soat 10:00.
25- avgust imtihon boshlanish vaqti soat 9:00.
Ro‘yxatga olish vaqti 7:30 dan 8:30 gacha.

2-smena.
yig‘ilishga ro‘yxatga olish 24-avgust soat 11:00 dan 12:00 gacha.
yig‘ilish va DTM olish vaqti soat 12:30.
25- avgust imtihon boshlanish vaqti soat 14:00.
Ro‘yxatga olish vaqti 12:30 dan 13:30 gacha.

Imtixon matematika va ingliz tili fanlaridan bo‘lib o‘tadi.
Matematika yozma – umumiy 70 ball,
Ingliz tili test savollari – umumiy 30 ball beriladi.

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan