2017-2018 o‘quv yiliga o‘quvchilarni qabul qilish

 

                Axborot texnologiya va kommunikattsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 28 sentyabr 24/11-son va Xalq ta’limi vazirligi 2017 yil 28 sentyabr 50-son qo‘shma qaroriga ko‘ra ixtisoslashtirilgan maktabga 2017-2018 o‘quv yiliga 2 ta 5-sinfga qabul kvotasi 60 ta qilib belgilangan

               Hujjat qabul qilish 16 oktyabr 2017 yil soat 17 00 da tugadi. Jami 189 ta hujjat qabul qilindi. 2017 yil 20 oktyabr kuni ota-onalar va tanlov qatnashchilariga imtihon o‘tkazish tartibi tushuntirildi, imtihonda qatnashishi uchun rasmli ruhsatnoma berildi.

Imtihonlar 21-22 oktyabr kunlari Toshkent shahridagi INXA universiteti binosida bo‘ldi.

                 21 oktyabr 900 dan o‘quvchilar kiritildi. 10 00 da matematikadan yozma imtixon boshlandi, ularga 10 ta misol va masalalar berildji. Topshiriqlarni murakkablik darajasiga qarab turlicha ball berildi. Maksimal ball 60 ball.

                  22 oktyabr 10 00 da ingliz tilidan yozma va og‘zaki imtihon boshlandi. Imtihon materiallari 20 ta test va har bir o‘quvchi bilan 3-5 daqiqa og‘zaki suhbat o‘tkazildi. Test uchun 30 ball+suhbat 10 ta = 40 ball.

Matematika 60 ball + ingliz tili 40 ball = 100 ball. Imtihon natijalari 26 oktyabr 2017 yil soat 17 00 da maktab binosida e’lonlar doskasiga chiqarildi.

26-27 oktyabr farzandlari olgan ballaridan qoniqmagan ota-onalar Appelyatsiya guruhiga ariza berdi. 30 oktyabr 15 nafar ota-ona farzandlari javob varaqlari  Appelyatsiya guruhi tomonidan ko‘rsatildi, hech qanday etiroz bo‘lmadi.

Ikkita sinfda 60 ta o‘quvchi olindi, kirish bali 64.5.

                  O‘zbekiston Respublikasi Axborot texngologiya va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 12 dekabr 668-son buyrug‘iga asosan ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinfiga bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida o‘qishga e’log qabul e’lon qilindi. Hujjatlar 2017 yil 13dekabrdan 2018 yil 6 yanvargacha qabul qilindi. Jami 100 ta hujjat topshirildi. 2018 yil 7 yanvar soat 1000  da Toshkent shahridagi INXA binosida matematika, fizika va ingliz tili fanlaridan yozma imtihon topshirdilar, imtihonONLINEtarzida to‘g‘ridan to‘g‘ri ota-onalarga ko‘rsatildi, matematika 1000-1100  gacha, fizika 1100-1150 gacha, ingliz tilidan 1150-1230 gacha imtihon o‘tkazildi. Imtihon natijalari 8 yanvar 1600 da ixtisos maktab binosida e’lon qilindi. Bo‘sh o‘rinlarga 14 ta o‘quvchi qabul qilindi. Kirish bali 36,5. Matematika 20 ta savol, fizika 20 ta savol, ingliz tili 40 ta savol. Matematika 50 bal, fizika 30 bal, inliz tiili 20 bal.

                   Axborot texnologiya va kommunikatsiyani rivojlantirish vazirligi 2018 yil 27 iyun 33/25-son va Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 27 iyun 32-son qo‘shma qaroriga ko‘ra 2018-19 o‘quv yiliga 5 sinfga qabul 60 ta beligilangan. 2018-2019 o‘quv yili xujjatlar qabul qilish 2 iyundan 20 iyungacha soat 900 dan 1700 gacha bo‘ldi. Ariza topshirganlar 509 ta. 2018 yil 22 iyun kuni ota-onalar va qatnashchilari uchun «O‘z ko‘rgazma savdo» markazida imtihon o‘tkazilishi tartibi tushuntirildi. 2018 yil 23 iyun matematika va ingliz tilidan imtihon 1000 da boshlandi.

                    Matematikadan imtihon 1100 tugadi 15 daqiqa tanaffus va 1115 da ingliz tilidan yozma test imtihon boshlandi va 1200 da imtihon tugadi. Imtihon natijalari 30 iyun 900 da maktab binosida va INHA.UZsayitida joylashtirildi. 31 iyun va 1 avgust appelyatsiya ariza qabul qilindi. 56 ta arizi kelib tushdi. 6 avgust 900 dan 1700 gacha appelyatsiya guruhi arizachi farzandlarini xatolarini tushuntirildi, qo‘yilgan ballarga e’tiroz bo‘lmadi. Imtihon natijalariga ko‘ra belgilangan kvota bo‘yicha 60 ta o‘quvchi qabul qilindi. Kirish bali 69 ball.