“Cheksiz Kenguru” matematik tanlov-o’yini o’tkazildi.

Barcha Tadbirlar, Loyihalar, Ota-onalarga, So'ngi Yangiliklar
              2019 yilning 25 martida ikkinchi marotaba O'zbekistonda maktab o'quvchilari uchun "Cheksiz Kenguru" matematik tanlov-o'yinini o'tkazildi.               "Kenguru" tanlovi oddiy matematik olimpiadalardan juda farq qiladi. Avstraliyalik matematik Piter Xollora uni 20-asrning 80-yillarning boshlarida, eng oddiy maktab o'quvchilariga matmetika qanchalik quvnoq va qiziqarli bo'lishi mumkinligini ko'rsatish maqsadida yaratgan.               Shu sababli tanlov dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlarida maktab o'quvchilari va o'qituvchilarning qalbini zabt etgan. Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining o'quvchilari ham tanlovda ishtirok etdilar. Tanlov bayramona kayfiyat bilan o'tkazildi. Bolajonlarimiz bir dunyo quvonch olushdi.FOTO LAVHALAR: 
Batafsil

8-mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami

Barcha Tadbirlar, Ota-onalarga, So'ngi Yangiliklar
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 2019 yil 7-mart kuni "8-mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Bahor nashidasini tarannum etuvchi musiqalar ertalabdan maktab xovlisida yangradi. Tadbirda maktab ma'muriyati va maktabning kasaba uyushmasi ayollarga Faxriy yorliqlar va esdalik sovg'alari taqdim etdi. Shuningdek o'quvchilar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi.
Batafsil
III chorakda maxsus fanlardan o’tiladigan mavzular va savollar ro’yxati

III chorakda maxsus fanlardan o’tiladigan mavzular va savollar ro’yxati

So'ngi Yangiliklar
III chorakda maxsus fanlardan o'tiladigan mavzular ro'yxati                                                                             YUKLAB OLISH   III chorakda Matematika, Algebra, Geometriya fanlaridan savollar ro'yxati                                                  YUKLAB OLISH III chorakda Fizika fanlaridan savollar ro'yxati                                                                                       …
Batafsil
Instagram sahifangni tasvirla va “like” ol

Instagram sahifangni tasvirla va “like” ol

Barcha Tadbirlar, Loyihalar, Ota-onalarga, Psixologiya, So'ngi Yangiliklar
Maktabimizning ingliz tili o’qituvchisi Xakimxodjayev Nodir tashabbusi bilan 10 “Ye” sinfi o’quvchilari orasida Instagram sahifangni tasvirla va “like” ol ineteraktiv ijodiy ishi o’tkazildi. Ijodiy ish shartiga ko’ra o’quvchilar kichik guruhlarda o’z instagram sahifalarini buklet ko’rinishiga keltirishlari kerak edi, shundan so’ng o’quvchilar ulardagi rasmlarini o’z ustozlari bilan o’rtoqlashib ulardan istak-tilaklar va albatta “like” yi’g’ishlari kerak edi.  Bu loyiha orqali o’quvhilar ingliz tilidan olgan bilimlarini sinfdan tashqarida qo’llay olishlari bilan bir qatorda o’gzaki nutqlarini dadil namoyish etish va kichik guruhalarda ishlash malakalarini yanada rivojlantirdilar.
Batafsil