О’zbek tilliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabati bilan “Til millat – ko’zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir.

О’zbek tilliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabati bilan “Til millat – ko’zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir.

Barcha Tadbirlar
2018 yilning 20 oktabr kuni Muxammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Ona-tili va adabiyot uslubiy birlashmasi tomonidan o’zbek tilliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabati bilan “Til millat – ko’zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga Filologiya fanlari nomzodi adabiyotshunos olim Madayev O.A., matematika fanlari nomzodi Mirzahmedov M.A, pedagogika fanlari nomzodi, xalq ta’limi a’lochisi “Mehnat faxriysi” medal sohibi Tadjiyev A.F taklif etildi. Hammamizga ma’lumki, tilga muhabbat har bir kishining xalqiga bo’lgan muhabbatidir. Har bir millatning dunyoda borligini ko’rsatadigan oyna hayoti bu til va adabiyotdir. Ushbu hayot oynasi bugungi kun yoshlari qalbida katta o’rin egallab kelmoqda. Taklif etilgan mehmonlar tomonidan “O’zbekiston Respublikasining Davlat tili to’g’risida”gi Qonun qabul qilinishi tarixi, unga sabab bo’lgan omillar haqida so’zladi, uning o’zbek millatining, milliy qadriyatlarning shakillanishi va milliy tilning barkamol avlod ma’naviy tarbiyasida ahamiyati haqida so’zladi.…
Batafsil

“ALGO” loyihasi

Barcha Tadbirlar, Loyihalar
19 oktabr 2018 yili Muxammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “ALGO” loyihasining matematikaga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.Tadbir maktabdagi barcha sinf o’quvchilariga mo’ljallangan bo’lib, unda spikerlar maktab direktori Abdullayev A.X.xalqaro matematika olimpiadalari sovrindori Xaydarov F., 11 sinf o’quvchilari Shermatova N. va Abdullayev L ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.Tadbirda “ALGO” loyihasining asosiy vazifalari va undan kutilayotgan natijalar hamda”Xayotda muvaffaqiyatga erishish sirlari” prezentasiyasi namoyish etildi. Shuningdek xalqaro matematika olimpiadalaridagi qiziqarli voqealar va faktlar to’g’risida ma’lumot berib o’tildi. Tadbir davomida yuqori sinf o’quvchilari tomonidan matematika fanlari doktori, akademik Roziqov O’tkirning “Matematik bilyard” nomli kitobidagi misollar o’quvchilarga oson va tushunarli tilda hayotiy misollar orqali yetkazib berildi.Loyiha so’ngida maktab o’quvchilari uchun qiziqarli viktorina savol-javoblari bo’lib o’tdi.
Batafsil
Shaxmat musobaqasi

Shaxmat musobaqasi

Barcha Tadbirlar
Oktabr oyining uchinchi haftasi Al-Xorazmiy maktabidagi shaxmat sportiga mehr qo’ygan o’quvchilar uchun unutilmas hafta bo’ldi desak also mubolag’a bo’lmaydi. Zero, 15-17 oktabr kunlari maktabimiz o’quvchilari orasida shaxmat musobaqasi tashkillashtirildi. Uch kun davom etgan musobaqada maktabimizning qiz bola va o’g’il bola o’quvchilari alohida ikki guruhga bo’lingan holda bellashdilar. I guruh o’z ichiga 5,6,7 - sinflarni qamrab olgan bo’lsa, II guruhda 8,9 - sinf o’quvchilari ishtirok etishdi. Musobaqaga bo’lgan qiziqish shu darjada oshib kettiki, har bir sinfdan o’nlab ishtrokchilar o’z kuchlarini sinab ko’rish uchun shaxmat taxtasi qarshisida yig’ilishdi. Murosasiz kechgan bahslardan so’ng, nihoyat, 17 oktabr kuni musobaqaning g’oliblari aniqlandi. Bular Mirzasharipov F- 5”B”​ Doniyorov M. -5”B” Mahmudov K. - 8”A” Qobiljonova - 8“G”                  
Batafsil
1 Oktabr – “O’qituvchilar kuni”

1 Oktabr – “O’qituvchilar kuni”

Barcha Tadbirlar
1 oktabr - "O'qituvchilar kuni" mamlakatimizning barcha hududlarida va ta'lim muassasalarida keng nishonlanmoqda. Jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maxsus maktabda bayram tadbiri tashkil etildi. Maktab direktori Amirulla Abdullaev o'z nutqida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan bir guruh mutaxassislarni taqdirladi - bu ilm-fan va texnologiyani iqtidorli yoshlarga o'rgatadigan o'qituvchilar borligi yorqin misoldir. Davlatimiz rahbari e'tiborini ushbu sohaga qaratganini ta'kidlab, ularga samimiy tilaklarimni izhor etdi. Keyin ular iqtidorli yoshlar bilan ishlashda davom etayotgan o'qituvchilarga va maktabda zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishiga yordam berdi. Shundan so'ng maktab o'quvchilari musiqa ijro etishdi. Yosh ijrochilar o'qituvchilarni quvontirdilar.
Batafsil
Muhammad al-Xorazmiy maktabi Toshkentda bo’lib o’tgan «ICTEXPO 2018» ko’rgazmasida ishtirok etdi

Muhammad al-Xorazmiy maktabi Toshkentda bo’lib o’tgan «ICTEXPO 2018» ko’rgazmasida ishtirok etdi

So'ngi Yangiliklar
2018-yil 26-Sentabr kuni Toshkentda «ICTEXPO 2018» ko’rgazmasi ish boshladi. AKT haftaligining tadbiri“O’zekspomarkaz” da bo’lib o’tmoqda.«ICTEXPO» ko’rgazmasi yilda bir marotaba o’tkaziladi, ushbu ko’rgazma uch kun 26-28 sentabr kunigacha davom etadi.«ICTEXPO 2018» o’tkazilishidan maqsad axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasidagi yutuqlarni keng namoyish qilishdir.Ko’rgazmada 50 dan ziyod kompaniyalar, soha ta’lim muassasalari va davlat korxonalari qatnashishdi.Shular qatorida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab ham o’z ko’rgazmalari bilan ishtirok etdi. Ko’rgazmada maktab faoliyati, ya’niy o’quv jarayoni, boshqa maktablardan farqi, shuningdek maktab oldiga qo’yilgan vazifalar, imkoniyatlar va kelgusidagi rejalari haqida tashrif buyurganlarga ma’lumot berib o’tildi. 
Batafsil
Biz 1 yoshga to’ldik

Biz 1 yoshga to’ldik

Barcha Tadbirlar
Ulug’ alloma Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosini qadrlash, uni yosh avlod ongiga chuqur singdirish, o’quvchilarning aniq fanlarni yuksak marralarini zabt etishiga ko’maklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorlarini aniqlash hamda qobiliyatlarini ro’yobga chiqrish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.09.2017 yil. PQ 3274 qarori qabul qilindi.2018 yil 14 sentabr maktabning tashkil etilganiga bir to’ldi. Ushbu kun munosabati bilan maktabda bayram tadbiri tashkil etildi. Erta tongdan ustozlar va o’quvchilarni maktabning Yoshlar ittifoqi etakchilari musiqa navolari ostida kutib oldilar.
Batafsil
2018-yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 5-sinfga kirish imtihoni bo’lib o’tdi

2018-yil Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 5-sinfga kirish imtihoni bo’lib o’tdi

So'ngi Yangiliklar
2018 yil 23-iyulda 2018/2019 o'quv yillariga 5-sinfga kirish qabul imtihonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi maktabda bolib o'tdi. 2018 yil 2 iyuldan 20-iyulgacha Muhammad Al Xorazmiy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini chuqur o'rganish bo'yicha ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfga qabulga o'quvchilarni hujjatlari qabul qilindi. Shu vaqt mobaynida 510 ga yaqin talaba kerakli hujjatlar bilan ta'minlandi va kirish imtihonlarida ishtirok etish huquqi ega bo'lishdi. 23 iyul kuni talabalar Respublika iste'mol tovarlari ko'rgazmasi va yarmarkasi (Uzkurgazmasavdo) da matematika va ingliz tilidan sinovdan o'tishdi. Sinovning davomiyligi 2 soat. Testlar Toshkentdagi Inha universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Universitet imtihonlarning oshkoraligi va ochiqligini ta'minlashda maktabga yordam ko'rsatdi. Sinovlar live.inha.uz da va Facebookdagi rasmiy Facebook sahifasida jonli ravishda tashkil etildi -  https://www.facebook.com/AlKhorzmiySchool/. Bundan tashqari, test xonasiga mustaqil kuzatuvchilar sifatida bir guruh ota-onalar taklif etildi. Kirish imtihonlari natijalariga ko'ra, maxsus…
Batafsil