BEBRAS bu har qanday yoshdagi maktab o’quvchilari orasida informatika fani va matematik kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan xalqaro tashabbusdir. O’quvchilarga odatda BEBRAS boshqotirmalarini o’z pedagogik faoliyatlari bilan birlashtira oladigan o’qituvchilar rahnamolik qiladilar. Berilgan boshqotirmalar yechimi kompyuter yoki mobil qurilmalar orqali topiladi.

Matematik hisoblash kompetensiyani rivojlantirish dasturi mantiqiy muammolarni hal qilish qobiliyatlari va usullarini o’z ichiga oladi. Bu qobiliyat va usullardan dasturiy ta’minot muhandislari o’z dastur va ilovalarini yozish uchun foydalanadilar. BEBRASning asosiy maqsadi Informatika fani konsepsiyalari va muammolarini yechish bo’lib, bu esa murakkab vazifalarni oddiy tarkibiy qismlarga ajratish, algoritmlarni loyihalash, namunalarni tanib olib, ularni umumlashtirish va mavhumlashtirish kabi malakalaridir.

Noyabr oyining ikkinchi haftasi butun dunyo bo’ylab “BEBRAS” boshqotirmalarini yechish haftaligi deb e’lon qilingan. Ba’zi mamlakatlarda bu tadbir ikki haftagacha davom etishi kuzatiladi. Ko’pgina mamlakatlarda butun yil davomida Bebras tadbirlari o’tkaziladi, ular jumladan BEBRAS ishtirokchilarni taqdirlash marosimlarini o’tkazish, ikkinchi bosqich to’garaklarini uyushtirish, yozgi maktablarni tashkil etish, o’qituvchilar uchun maxsus ustaxonalar yaratish, statistika yig’ish va tadqiqotlar olib ishlar bilan shug’ullanadilar.

2018 yilda Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari ushbu tanlovda ilk marotaba ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Xalqaro uyushma rasmiy sayti https://www.bebras.org/