“Muhammad al- Xorazmiy izdoshlari” ko‘rik-tanlovining 2- bosqichi haqida ma‘lumot va ishtirokchilar ro‘yxati / Сведения о проведении 2 тура конкурса “Последователей Мухаммада аль-Хоразми” и список участников

“Muhammad al- Xorazmiy izdoshlari” ko‘rik-tanlovining 2- bosqichi haqida ma‘lumot va ishtirokchilar ro‘yxati / Сведения о проведении 2 тура конкурса “Последователей Мухаммада аль-Хоразми” и список участников

Barcha Tadbirlar, Loyihalar, Ota-onalarga, So'ngi Yangiliklar
“Muhammad al- Xorazmiy izdoshlari” ko‘rik-tanlovining 2- bosqichi haqida ma‘lumot va ishtirokchilar ro‘yxati 2019 yil 18 may soat 900 da “Muhammad al- Xorazmiy izdoshlari” ko‘rik- tanlovining ikkinchi (mintaqaviy) bosqichi bo‘lib o‘tadi. Birinchi bosqichda 80 va undan yuqori ball olgan ishtirokchilar Muhammad al- Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida va uning Samarqand, Farg‘ona, Urganch, Qarshi va Nukus shaharlaridagi filiallarida bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar mazkur belgilangan mintaqalarda ishtirok etishi uchun shaxsni tasdiqlaydigan xujjat asl nusxasi (pasport yoki tug‘ilganlik guvohnoma), shuningdek tegishli umumiy o‘rta maktab tomonidan berilgan (10-11 sinfda o‘qiyotkanligi to‘g‘risida) ma’lumotnoma bilan ishtirok etishlari talab etiladi. Ko‘rik tanlovning nizomiga muvofiq maktablarning 8, 9 sinf o‘quvchilari va lisey-kollejlarda tahsil olayotgan o‘quvchilar tanlovda ishtirok etishlari mumkin emas. Сведения о проведении 2 тура конкурса “Последователей Мухаммада аль-Хоразми” и список участников 18 мая 2019 года в 900 часов будет…
Batafsil
“Cheksiz Kenguru” matematik tanlov-o’yini o’tkazildi.

“Cheksiz Kenguru” matematik tanlov-o’yini o’tkazildi.

Barcha Tadbirlar, Loyihalar, Ota-onalarga, So'ngi Yangiliklar
              2019 yilning 25 martida ikkinchi marotaba O'zbekistonda maktab o'quvchilari uchun "Cheksiz Kenguru" matematik tanlov-o'yinini o'tkazildi.               "Kenguru" tanlovi oddiy matematik olimpiadalardan juda farq qiladi. Avstraliyalik matematik Piter Xollora uni 20-asrning 80-yillarning boshlarida, eng oddiy maktab o'quvchilariga matmetika qanchalik quvnoq va qiziqarli bo'lishi mumkinligini ko'rsatish maqsadida yaratgan.               Shu sababli tanlov dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlarida maktab o'quvchilari va o'qituvchilarning qalbini zabt etgan. Shu munosabat bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining o'quvchilari ham tanlovda ishtirok etdilar. Tanlov bayramona kayfiyat bilan o'tkazildi. Bolajonlarimiz bir dunyo quvonch olushdi.FOTO LAVHALAR: 
Batafsil
Instagram sahifangni tasvirla va “like” ol

Instagram sahifangni tasvirla va “like” ol

Barcha Tadbirlar, Loyihalar, Ota-onalarga, Psixologiya, So'ngi Yangiliklar
Maktabimizning ingliz tili o’qituvchisi Xakimxodjayev Nodir tashabbusi bilan 10 “Ye” sinfi o’quvchilari orasida Instagram sahifangni tasvirla va “like” ol ineteraktiv ijodiy ishi o’tkazildi. Ijodiy ish shartiga ko’ra o’quvchilar kichik guruhlarda o’z instagram sahifalarini buklet ko’rinishiga keltirishlari kerak edi, shundan so’ng o’quvchilar ulardagi rasmlarini o’z ustozlari bilan o’rtoqlashib ulardan istak-tilaklar va albatta “like” yi’g’ishlari kerak edi.  Bu loyiha orqali o’quvhilar ingliz tilidan olgan bilimlarini sinfdan tashqarida qo’llay olishlari bilan bir qatorda o’gzaki nutqlarini dadil namoyish etish va kichik guruhalarda ishlash malakalarini yanada rivojlantirdilar.
Batafsil
Open Data Challenge (Xakaton) tanlovning  tantanali ochilish marosimi

Open Data Challenge (Xakaton) tanlovning tantanali ochilish marosimi

Barcha Tadbirlar, Loyihalar, So'ngi Yangiliklar
2018 yil 30 noyabr - 2 dekabr, Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) OpenDataChallenge 2018 (Hackaton) dasturini har yili o'tkaziladigan ochiq dasturiy mahsulotlar tanloviga mezbonlik qildi.Hackathonning tashabbuskori O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hisoblanadi.OpenDataChallenge - dasturchilar guruhlari ochiq ma'lumotlarga asoslangan mahsulotlar tez rivojlanishida raqobatlashadigan loyihadir.Uch kun davom etadigan intensiv ishlar natijasida OpenDataChallenge 2018 ishtirokchilari hayotning turli jabhalarida yangi ijtimoiy foydali loyihalarni tayyorlaydi: moliya, transport, ta'lim, sog'liqni saqlash, ekologiya va boshqalar.Hackathon natijalari g'olib va sovrindorlarni quyidagi uchta kategoriyada aniqlaydi:Birinchi nominatsiyada "Smart City" uchun eng yaxshi loyiha ochiq ma'lumotlar (mobil yoki veb-ilovalar, xizmat ko'rsatish, uzaytirish) asosida amalga oshiriladi;Ikkinchi nominatsiya - ochiq ma'lumotlar (mobil yoki veb-ilovalar, xizmat ko'rsatish, uzaytirish) asosida ishlaydigan eng yaxshi biznes loyihasi;Uchinchi nominatsiya - eng yaxshi ochiq ma'lumotlar ishlab chiqarish (transformation) loyihasi (mobil yoki veb-ilovalar, xizmat ko'rsatish, kengaytma)."OpenDataChallenge-2018" loyihasi…
Batafsil
GDG-DevFest 2018 dasturchilar festivali

GDG-DevFest 2018 dasturchilar festivali

Barcha Tadbirlar, Loyihalar, So'ngi Yangiliklar
Google Developers Group (GDG) ning asosiy tadbirlaridan biri bo‘lgan GDG-DevFest dasturchilar festivali ilk bor O‘zbekistonda bo‘lib o‘tdi. Festival 24-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida tashkil etildi. Tadbir GDG Tashkent guruhi, Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Google kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida amalga oshirildi. GDG-DevFest festivali Google Developers Group jamoalari tomonidan har yil o‘tkaziladigan global tadbirlardan biridir. Ushbu tadbir doirasida dasturchilar, IT-mutaxassislari Google kompaniyasining so‘ngi texnologiyalari va ishlanmalari bilan tanishdilar. Shular qatorida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning bir qator iqtidorli o‘quvchilari ham festivalda ishtirok etdilar. Festival ishtirokchilari mahalliy va xorijlik mutaxassislar bilan axborot texnologiyalari sohasidagi so‘nggi tendentsiyalarni kun davomida muhokama olib borishdi. Tadbir doirasida ishtirokchilar blokcheyndan foydalanish, mobil ilovalarni yaratish, VR/AR texnologiyalarini…
Batafsil
“Iste’dod” ko’rik tanlovi

“Iste’dod” ko’rik tanlovi

Barcha Tadbirlar, Loyihalar
Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli va qiziqarli o’tkazish maqsadida Muxammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 5-6 sinf o’quvchilari o’rtasida 2018 yil 3 noyabr kuni “Iste’dod” ko’rik tanlovi o’tkazildi. Ko’rik tanlovda har bir ishtirokchi o’zining qobiliyatlarini va iste’dodlarini, ya’niy rassomchilik, qo’l mehnati dizaynerlik, qo’shiq, raqs, xotira mustahkamligini aniqlash kabi yo’nalishlarda o’z qobiliyatlarini namoyish etdilar. Ularning iste’dodlari hay’at a’zolari tomonidan baholab borildi.
Batafsil

“ALGO” loyihasi

Barcha Tadbirlar, Loyihalar
19 oktabr 2018 yili Muxammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “ALGO” loyihasining matematikaga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.Tadbir maktabdagi barcha sinf o’quvchilariga mo’ljallangan bo’lib, unda spikerlar maktab direktori Abdullayev A.X.xalqaro matematika olimpiadalari sovrindori Xaydarov F., 11 sinf o’quvchilari Shermatova N. va Abdullayev L ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.Tadbirda “ALGO” loyihasining asosiy vazifalari va undan kutilayotgan natijalar hamda”Xayotda muvaffaqiyatga erishish sirlari” prezentasiyasi namoyish etildi. Shuningdek xalqaro matematika olimpiadalaridagi qiziqarli voqealar va faktlar to’g’risida ma’lumot berib o’tildi. Tadbir davomida yuqori sinf o’quvchilari tomonidan matematika fanlari doktori, akademik Roziqov O’tkirning “Matematik bilyard” nomli kitobidagi misollar o’quvchilarga oson va tushunarli tilda hayotiy misollar orqali yetkazib berildi.Loyiha so’ngida maktab o’quvchilari uchun qiziqarli viktorina savol-javoblari bo’lib o’tdi.
Batafsil