Instagram sahifangni tasvirla va “like” ol

Instagram sahifangni tasvirla va “like” ol

Barcha Tadbirlar, Loyihalar, Ota-onalarga, Psixologiya, So'ngi Yangiliklar
Maktabimizning ingliz tili o’qituvchisi Xakimxodjayev Nodir tashabbusi bilan 10 “Ye” sinfi o’quvchilari orasida Instagram sahifangni tasvirla va “like” ol ineteraktiv ijodiy ishi o’tkazildi. Ijodiy ish shartiga ko’ra o’quvchilar kichik guruhlarda o’z instagram sahifalarini buklet ko’rinishiga keltirishlari kerak edi, shundan so’ng o’quvchilar ulardagi rasmlarini o’z ustozlari bilan o’rtoqlashib ulardan istak-tilaklar va albatta “like” yi’g’ishlari kerak edi.  Bu loyiha orqali o’quvhilar ingliz tilidan olgan bilimlarini sinfdan tashqarida qo’llay olishlari bilan bir qatorda o’gzaki nutqlarini dadil namoyish etish va kichik guruhalarda ishlash malakalarini yanada rivojlantirdilar.
Batafsil
Farzandiga kasb  tanlashda yordam berishni istaydigan ota-onalarga 4 maslahat.

Farzandiga kasb tanlashda yordam berishni istaydigan ota-onalarga 4 maslahat.

Psixologiya
Maktab o’quvchilarining hammasi ham adabiyotdan o’qilishi kerak bo’lgan dasturni mutolaa qilishga qodir emas, biz esa ular butun umri davomida bajaradigan kasbni tanlashlarini istaymiz. Ota-onalar bitiruvchilarga qayerga o’qishga borishni aytishlari va farzandining kelajagiga putur yetkazmasliklari kerak. Ota onaning farzandiga tanlovni amalga oshirishda yordam berishga oshiqishi normal holat. Masala buni qanday qilib amalga oshirishni bilishda. 1.Bolada mustaqillikni tarbiyalang Afsuski, bu bilan bitiruvga bir-ikki yil qolganida shug’ullanish biroz kech. Mustaqil bolani tug’ilganidan boshlab tarbiyalash kerak. Biroq buni boshlashning kechi yo’q. Kasbga yo’naltirishning asosiy qoidasi oddiy: Bola kasbni o’zi tanlashi lozim. 2. Qaysi kasblarga talab borligini o’rganing Faqat “obro’li” emas, haqiqatan ham talab katta bo’lganlarini bilish kerak. Buni tushunish uchun reytinglarni o’qish shart emas. Ish topishda yordam beradigan saytlarni ochib, vakansiyalarni diqqat bilan kuzatish lozim. Vakansiyalarni ko’zdan kechirish kasbning mashhurligini, kutilayotgan maoshni va ishlash…
Batafsil