2019-2020 o’quv yilining 5-sinfiga qabul imtihonlari natijalari

2019-2020 o’quv yilining 5-sinfiga qabul imtihonlari natijalari

Latest News
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo'nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning 2019-2020 o'quv yilining 5-sinfiga qabul imtihonlari natijalari № Smena Joyi Ingliz tili Matematika Jami 1 1 C007 26 64 90 2 2 A045 25 64 89 3 2 B048 21 66 87 4 1 E023 28 56 84 5 2 B025 25 59 84 6 2 B005 22 61 83 7 2 C046 25 58 83 8 2 D019 26 57 83 9 2 A020 25 57 82 10 1 A002 24 57 81 11 1 B033 24 56 80 12 1 C037 25 55 80 13 1 B028 21 57 78 14 1 E025 26 52 78 15 1 B008 25 52 77 16 1 B009 23 54 77 17 1 E028 18 59 77 18 1…
Read More
Qabul 2019-2020 o’quv yil

Qabul 2019-2020 o’quv yil

Latest News
Maktab rasmiy web sayti 👉 https://www.akss.uz Telegram kanal 👉https://t.me/akss_press Hujjat topshirgan o'quvchilar umumiy ro'yxati 👉https://www.akss.uz/topshirganlar/ On-line translatsiya 👉https://youtu.be/0pcah6DamYA
Read More
Qabul 2019-2020 o’quv yili uchun «Maslahat kuni» bo’lib o’tdi

Qabul 2019-2020 o’quv yili uchun «Maslahat kuni» bo’lib o’tdi

Latest News
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 2019-yil 24-avgust kuni O'zbekistonda yagona Toshkent shahridagi INHA universitetida tashkil etilgan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fanlarini chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashgan IT-maktab o'quvchilari uchun . Toshkent shahridagi Inha universiteti va ixtisoslashtirilgan maktab rahbariyati 2019-2020 o'quv yili uchun kirish imtihonlari va qabul qoidalari haqida batafsil ma'lumot berdi. 4 sinfini tamomlagan o’quvchilar imtihon shakli va tartibi bilan tanishishdi. O'z navbatida, o'qituvchilar amaliy tavsiyalar berib, o’quvchilar va ota-onalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi. Stitched Panorama
Read More
2019-2020 o‘quv yili uchun 5-sinfga qabul imtihonlari o’tkazish tartibi!

2019-2020 o‘quv yili uchun 5-sinfga qabul imtihonlari o’tkazish tartibi!

Latest News
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning 2019-2020 o‘quv yili uchun 5-sinfga qabul imtihonlari joriy yilning 25-avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Ziyolilar ko‘chasi 4-uyda joylashgan Toshkent INHA universitetida bo‘lib o‘tadi. Imtixon Toshkent INHA Universiteti tomonidan o‘tkaziladi! 2019 yil 24-avgust kuni xujjat topshirgan o‘quvchilar va ota-onalar bilan imtihondan avval yig‘ilish Toshkent INHA universitetida o‘tkaziladi. 1-smena. yig‘ilishga ro‘yxatga olish 24-avgust soat 8:30 dan 9:30 gacha. yig‘ilish va DTM olish vaqti soat 10:00. 25- avgust imtihon boshlanish vaqti soat 9:00. Ro‘yxatga olish vaqti 7:30 dan 8:30 gacha. 2-smena. yig‘ilishga ro‘yxatga olish 24-avgust soat 11:00 dan 12:00 gacha. yig‘ilish va DTM olish vaqti soat 12:30. 25- avgust imtihon boshlanish vaqti soat 14:00. Ro‘yxatga olish vaqti 12:30 dan 13:30 gacha. Imtixon matematika va ingliz tili fanlaridan bo‘lib o‘tadi. Matematika yozma…
Read More
Qabul 2019-2020 o`quv yili

Qabul 2019-2020 o`quv yili

Latest News
Ўзбекистон Республикаси Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожланиш вазирлиги тасарруфидагиМуҳаммад ал-Хоразмий номидаги ахборот технологиялари ва коммуникация йўналишига оид фанларни чуқурлаштириб ўқитишга ихтисослаштирилган мактабга ўқувчиларни қабул қилиш юзасидан 2019-2020 ўқув йили учун танлов эълон қилади. Мактабга ўқувчилар танлов асосида 5-синфга қабул қилинади Таълим ўзбек тилида олиб борилади. Танловда иштирок этиш истагини билдирганлар онлайн тарзда Муҳаммад ал-Хоразмий номидаги ахборот технологиялари ва коммуникация йўналишига оид фанларни чуқурлаштириб ўқитишга ихтисослаштирилган мактабнинг расмий web-сайтида (https://www.akss.uz/qabul2019/) рўйхатдан ўтишлари мумкин. Шунингдек, талабгорларнинг ҳужжатлари Тошкент шаҳарида жойлашган мактаббиносида қабул қилинади (манзил: Тошкент шаҳар, Мирзо Улуғбек тумани Тепа Масжид кўчаси 4-уй). Ҳужжатлар жорий йил 23-августгача қабул қилинади. Иш вақти 9:00 дан 17:00 гача Танлов жорий йилнинг 24-25-август куни Тошкент шаҳридаги ИНҲА университетида математика ва инглиз тили фанларидан ёзма ва тест синовлари шаклида ўтказилади. Қабул учун қуйидаги ҳужжатлар талаб этилади: -…
Read More
Ipak yoʼli boʼylab matematik sarguzashtlar

Ipak yoʼli boʼylab matematik sarguzashtlar

Latest News
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining oʼquvchilari «Ipak yoʼli boʼylab matematik sarguzashtlar» loyihasi ishtirokchilari Janubiy Koreyaning Inha universiteti qoshidagi iqtidorli oʼquvchilar uchun moʼljallangan oʼquv markazining bir guruh iqtidorli oʼquvchilari va ularning ustozlari «Ipak yoʼli boʼylab matematik sarguzashtlar» deb nomlanuvchi dastur doirasida yurtimizda mehmon boʼlishdi. Safar davomida mehmonlar Vatanimizning diqqatga sazovar joylariga tashrif buyurish bilan bir qatorda, oʼzbekistonlik iqtidorli oʼquvchilar bilan doʼstlik rishtalarini oʼrnatmoqdalar. Dastur doirasiga kiruvchi bir kunlik seminar-trening poytaxtimizdagi Toshkent shahar Yoshlar ittifoqi saroyida boʼlib oʼtdi. Seminarda ikki mamlakat yoshlari axborot texnologiyalari va matematika sohasida erishgan yutuqlari bilan oʼrtoqlashdilar. Tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi АKT yoʼnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʼqitishga ixtisoslashgan maktab va poytaxtimizdagi 246-son maktab oʼquvchilari, Toshkent shahridagi Inha universitetining professor oʼqituvchilari, talabalari ishtirok etdilar. Tadbir doirasida ishtirokchilar Oʼzbekiston va Janubiy Koreyaning urf-odatlari va madaniyati bilan yaqindan tanishdilar. Toshkent shahridagi…
Read More
Bitiruvchi 2019

Bitiruvchi 2019

All Events, To Parents, Latest News
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining birinchi bitiruvchilariga “Bitiruvchi 2019”  shahodatnoma topshirish marosimi. 2019 yil 25-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktabning bitiruvchilariga shahodatnomalar taqdim etish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari O.Umarov ishtirok etdi. U maktab bitiruvchilarini tabriklar ekan, bugun mamlakatimizda yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy bilimlarga ega boʻlishlari uchun alohida eʼtibor qaratilayotgani, mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan bir qator loyihalar bevosita ushbu maktab oʻquvchilari va talabalar ishtirokida amalga oshirilayotganini eʼtirof etdi. Ushbu marosim doirasida “Muhammad al-Xorazmiy izdoshlari” respublika tanlovida yuqori natijalarga erishgan 10 nafar oʻquvchi Vazirlikning sertifikat va sovgʻalar bilan taqdirlandi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi 3274-son qarori asosida…
Read More
«Mehr ulash» aksiyasi ishtirokchilari.

«Mehr ulash» aksiyasi ishtirokchilari.

Latest News
"1 Iyun - Bolalarni himoya qilish kuni " munosabati bilan "Mehr ulash" aksiyasi ishtirokchilari. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 15 may "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan "Kitob xayriya aksiyasi" ning ochilish marosimi bo'lib o'tgan edi. Eslatib o'tamiz xayriya aksiyamiz 15 maydan 29 maygacha davom etdi. 30 may kuni "1 Iyun - Bolalarni himoya qilish kuni " munosabati bilan maktabning ustozlar, ota -onalar va o'quvchilari bilan birgalikda "Mehr ulash" aksiyasida qatnashdi. Aksiya doirasida xayriyadan tushga kitoblar va moddiy mablaglar Respublika Gematologiya va qon qiyish institutida davolanayotgan bolajonlarga maktab nomidan topshirildi. Tadbir doirasida maktab o'quvchilari tomonidan musiqali chiqishlar bo'lib o'tdi.O'quvchilarimiz bolajonlarga maktab o'quvchilari tomonida yozib qoldirilgan tilaklik kitoblarini topshirdi. Bolajonlarning quvonchi cheksiz ekanligi yaqqol ko'rinib turar edi. Shu kabi tadbirlarni o’tkazilib borilishi nafaqat yoshlarda balki barchamizda mehr oqibat shakillanishi va kitobga bo’lgan…
Read More
So’ngi qo’ng’iroq 2019

So’ngi qo’ng’iroq 2019

All Events, To Parents, Latest News
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining birinchi bitiruvchilariga “So’ngi qo’ng’iroq 2019”  tantanali marosimi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi 3274-son qarori asosida tashkil etilgan. 2019 yil 25-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning bitiruvchilariga “So’ngi qo’ng’iroq 2019” tantanali  marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,  Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari, maktabning fahriy ustozlari va ota-onalar ishtirok etdi. Tadbir davomida maktab o’quvchilari tomonidan musiqali chiqishlar va sherlar aytildi. Shuningdek bitiruvchilar tomonidan so’ngi “Hayir maktabim” raqsi namoyish etildi va so’ngi qo’ng’iroq chalindi.
Read More