«Kangaroo» – dunyodagi maktab o’quvchilari uchun eng mashhur va maroqli matematik tanlovlardan biri.
Mazkur yil tanlovda dunyo bo’ylab 6 milliondan ortiq o’quvchi qatnashdi, Bular orasida, O’zbekistonning 1000 nafar o’quvchisi bo’lib, ushbu 1000 nafar ishtirokchilar orasida Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 45 nafar o’quvchilari o’z bilimlarini namoyish etish baxtiga muyassar bo’ldilar.
O’tkan asrning 80-yillarining boshlarida Sidneylik matematika o’qituvchisi Peter O’Halloran (Avstraliya, 1931-1994) Avstraliya maktablari uchun yangi o’yin kashf etdi: Bu o’yining afzalligi tanlov uchun tuzilgan savollar test shaklida bo’lib, ishtirokchi berilgan bir necha javoblar orasidan to’gri javobni tanlay ola bilishi kerak, ishtirokchilarning javoblarni kompyuter yordamida tekshirilishi o’yinning juda ko’p ishtirokchilarini bir vaqtning o’zida qamrab olishiga imkon yaratdi. Tanlovning yangi shakli shunday muvaffaqiyatga erishdiki, 1980-yillarning o’rtalariga kelib allaqachon 500 mingga yaqin avstraliyalik maktab o’quvchilari ishtirok etib ulgurishdi.
1991 yilda ikki nafar fransiyalik matematik Andre Deledich va Jan-Pier Budan ushbu o’yinni Fransiyada targ’ib qilishga qaror qiladilar va uni avstraliyalik hamkasblari sharafiga “Kangaroo” deb nomlashadi. Ilk o’yinning o’zidayoq 120 ming nafar kollej talabalari ishtirok etishdi, shundan keyin musobaqa maktab o’quvchilar va litsey talabalarini ham qamrab oladi.
1993 yil iyun oyida “Kangaroo” o’yinining fransuz tashkilotchilari Evropa davlatlaridagi turli matematik bellashuvlar tashkilotchilari uchun Parijda uchrashuv o’tkazdilar. Mazkur uchrashuv davomida taklif qilingan mehmonlar “Kangaroo – matematika hamma uchun” tanlovining muvaffaqiyati va qamrovidan katta taassurot oladilar:
1991 yil – 120 ming
1992 yil- 300 ming,
1993 yil – 500 ming ishtirokchi
1994 yil may oyida Belorusiya, Vengriya, Ispaniya, Niderlandiya, Polsha, Rossiya va Ruminiya musobaqalarda ishtirok etishga ahd qiladilar va bu esa o’z navbatida mamlakatlar va qit’alar orasidagi raqobatning tez kuchayishiga sabab bo’ldi.
2018 yilga kelib esa Dunyo bo’ylab 80 dan ortiq mamlakatlar “Kangoroo” tanlovida ishtirok etdilar.
Mart oyining uchinchi payshanbasi – Xalqaro Kangaroo kuni deb e’lon qilingan.
Kelgusi yilda o’tkaziladigan tanlovga ro’yxatdan o’tish uchun O’zbekiston “Kangoroo” Qo’mitasining Internet-sayti va Telegram kanali yangiliklarni kuzatib boring.
Bizning elektron manzil
http://olympia.uz
Telegram https://t.me/contest_kenguru_uz
Xalqaro “Kangaroo” qo’mitasining rasmiy sayti http://www.aksf.org/