Ixtisoslashtirilgan maktabning maqsadi va vazifalari

-Ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiyning buyuk va bebaho merosini qadrlash, uni yosh avlod ongiga chuqur singdirish, o‘quvchilarning aniq fanlarning yuksak marralarini zabt etishiga ko‘maklashish;

-axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorlarni aniqlash hamda qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

-shuningdek, o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish;

-umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda matematika, fizika, informatika va chet tili fanlarining chuqur o‘qitilishini tashkil etish.

Ixtisoslashtirilgan maktabning asosiy vazifalari:

-umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda matematika, fizika, informatika va chet tili fanlarining chuqur o‘qitilishini tashkil etish;

-o‘quvchilarda dasturlash asoslarini, ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va axborot xavfsizligi ko‘nikmalari va media madaniyatni maktab davridan boshlab shakllantirish;

-yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan pedagoglarni jalb etgan holda o‘quvchilarning yosh matematiklar, yosh fiziklar, yosh dasturchilar, yosh ixtirochilar jamoalarini tashkil qilish, ularning respublika va xalqaro fan olimpiadalarida muntazam ishtirok etishlarini ta’minlash;

-o‘quvchilarni chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi milliy va xalqaro e’tirof etilgan sertifikatlar olishga tayyorlash;

-o‘quv jarayonining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan uzviyligini ta’minlash maqsadida 10-11-sinf o‘quvchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi yetakchi tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyoti o‘tashlarini tashkil etish;

-shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning chuqurlashtirilgan fanlari bo‘yicha o‘quvchilarning davlat ta’lim standartlari talablaridan oshadigan chuqur ta’lim tayyorgarligini ta’minlash;

-o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish;

-har bir o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tadqiqotchilik faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;

-professional dastur ta’limlarini ongli tanlash va keyinchalik o‘zlashtirish uchun asos yaratish.

Ixtisoslashtirilgan maktabning majburiyatlari quyidagilardir:

-o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarish;

-ta’lim sifati hamda o‘quv rejasi va o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq ta’lim dasturlari to‘liq hajmda amalga oshirish;

-ta’lim jarayonini tashkil etishning qo‘llanilayotgan shakllari, usullari va vositalarining o‘quvchilarning yosh bilan bog‘liq psixofiziologik xususiyatlari, mayllari, qobiliyatlari, qiziqishlariga, ularning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish talablariga muqobilligini aniqlash va belgilash hamda bu bo‘yicha zarur choralarni amalga oshirish;

-o‘quvchilarning moslashishi va o‘zlashtirishini kuzatib borish va bu bo‘yicha zarur pedagogik choralarni amalga oshirish;

-o‘quvchilar va xodimlarning huquqlariga rioya qilinishini nazorat qilish.

Ixtisoslashtirilgan maktabning huquqlari quyidagilardan iborat:

-fanlarni chuqur o‘rganish bo‘yicha mualliflik o‘quv dasturlarini va bazaviy o‘quv rejasi asosida maxsus o‘quv rejasini ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlatish;

-yillik kalendar o‘quv jadvali va mashg‘ulotlar jadvalini ishlab chiqish;

-ta’lim va tarbiyaning qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan turli shakllari, vositalari va usullarini qo‘llash;

-o‘z Ustav faoliyatini amalga oshirish uchun moliyaviy mablag‘lar va moddiy resurslarning qo‘shimcha manbalarini jalb etish;

-ta’lim olayotganlarni oraliq attestatsiyadan o‘tkazish shakllari, tartibi va davriyligini mustaqil tanlash.