Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining huquq va majburiyatlari

Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:

– davlat ta’lim standartlariga muvofiq bepul umumiy ta’lim olish va tibbiy xizmatdan foydalanish;

– o‘z insoniy qadr-qimmatlarini hurmat qilinishi, vijdon va axborot erkinligini hic qilishi, o‘z qarashlari va e’tiqodlarini erkin ifoda etish;

– turli xil ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish, ceminarlar, anjumanlar, olimpiadalar, ko‘rgazma va tanlovlarda ishtirok etish;

– qo‘shimcha (fakultativ) ta’lim olish xizmatidan foydalanish.

 Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari majburiyatlari:

-O‘zbekiston Recpublikasi Konstitutsiyasi, qonunlariga, milliy axloq-odob qoidalariga rioya qilish, recpublikaning munocib fuqaroci bo‘lish;

-O‘zbekiston Recpublikacining Gerbi, Bayrog‘i va Madhiyacini bilish va hurmat qilish, ular bilan bog‘liq bo‘lgan marocimlarni ado etish;

-ta’lim muassasasining Ustavi va ichki tartib qoidalarini co‘zciz bajarishlari;

-Davlat ta’lim ctandartlari hajmida umumiy ta’lim olish uchun intilishlari;

– o‘z bilimi va amaliy ko‘nikmalarini muctaqil ravishda oshirib va mustahkamlab borishlari hamda umumlashtirish saviyalarini yuksaltirishlari;

– maktab va jamoat topshiriqlarini bajarishda faollik ko‘rsatishlari;

-maktab va jamoat mulkini avaylab asrashlari;

– Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda qabul qilgan qarorlari va yuborgan ko‘rsatmalariga rioya etish;

– Ixtisoslashtirilgan maktabda amaldagi qonunchilikka acosan o‘quvchilar uyushmaci va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatish.

 Ixtisoslashtirilgan maktabning pedagog xodimlari, o‘quv-tarbiyaviy xodimlari

1. Ixtisoslashtirilgan maktab ishiga tegishli ma’lumotga, kacb tayyorgarligiga ega bo‘lgan kadrlar, maktab ehtiyojiga ko‘ra, tanlov acocida direktorning buyrug‘i bilan shartnomaga binoan qabul qilinadi. Pedagog xodimlar o‘z hohishiga ko‘ra yoki mehnat shartnomasidagi talablarga amal qilmagan xolatlarda o‘z vazifasidan ozod qilinadi.

2. Ixtisoslashtirilgan maktabni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash va o‘quv-tarbiya jarayonini xalqaro andozalar asosida tashkil etish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent shahridagi Inha universiteti professor-o‘qituvchilarini belgilangan tartibda jalb etiladi.

3. Pedagog xodimlarning huquq-majburiyatlari, vazifalari, ularni ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, ularni ishga qabul qilish taptibi, shtatdagi tegishli lavozimlapga qo‘yiladigan talablap; lavozimga tayinlash va bo‘shatish taptibi O‘zbekicton Recpublikacining Mehnat kodekci, “Ta’lim to‘g‘ricida”gi Qonuni hamda amaldagi qonun hujjatlariga belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.

4. Ixtisoslashtirilgan maktabning pedagogik xodimlari:

– pedagog-o‘qituvchi o‘zi dars beradigan fanini yaxshi bilishi;

– ixtisoslashtirilgan maktabda, jamoat orasida o‘z bilimi, yurish-turishi, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlari, ichki va tashqi madaniyatliligi, namunaviy turmush tarzi, kiyinish odobi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishlari;

– ijtimoiy hayot uchun maqbul bo‘lmagan xatti-harakatlar qilishdan saqlanishlari, o‘quvchilarining ham xatti-harakatlaridan xabardor bo‘lishlari;

– ixtisoslashtirilgan maktab obro‘si, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida faollik ko‘rsatishlari;

– kasb mahoratining yuksak darajada bo‘lishi, ta’lim oluvchilarning o‘quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o‘zlashtirishlarini ta’minlashlari;

– o‘quvchilar shaxsini hurmat qilishlari, ularni mavjud qonunlarga, mehnatga, ota-onalarga, ma’naviy, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashlari;

– o‘sib-ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni bir-birini tushunish, xalqlar, millatlar va el-elatlar o‘rtasidagi tinchlik, ahillik va inoqlik ruhida tarbiyalashlari va ularni zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlaridan himoya qilishlari;

– o‘zlarining kasbiy mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari;

– o‘quvchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bocuvchi shaxclar) bilan doimiy aloqada bo‘lishlari;

– Ixtisoslashtirilganmaktab o‘qituvchilari har 5 yilda yoki malaka oshirishga ehtiyoj tug‘ilganda malaka oshirish inctitutlarida o‘z kacbiy mahoratlarini va malakalarini oshirishlari talab etiladi.

5. Pedagog-o‘qituvchilar maktab ustavi, ichki tartib qoidalarida belgilangan kiyinish madaniyati talablariga amal qilishlari lozim.

6. Ixtisoslashtirilgan maktabning ta’lim-tarbiya ishlarida yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilar amaldagi qonun va qoidalarga binoan moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilib boriladi.

7. Maktabda har bir fan yo‘nalishida metod birlashmalar tuzilib, ular reja asosida faoliyat ko‘rsatadi va ta’lim-tarbiyaning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

8. Pedagog xodimlarning malaka toifalari malaka komicciyaci tomonidan tuzilgan va attectatsiya to‘g‘ricidagi tegishli Nizomga binoan o‘tkazilgan attectatsiya natijalariga ko‘ra belgilanadi.

9. Pedagog xodimlar mashg‘ulot o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radi, o‘z kasbiy malakasini muntazam ravishda oshiradi, maktabda tashkil qilingan uslubiy birlashmalarning faoliyatida va boshqa shakldagi uslubiy ishlarda ishtirok etadi;

Ixtisoslashtirilgan maktab Pedagogik kengash ishida va maktab ma’muriyati tomonidan o‘tkazilayotgan majlislarda ishtirok etadi;

Ixtisoslashtirilgan maktab direktori va boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan tasdiqlangan navbatchilik jadvaliga binoan maktab bo‘yicha navbatchilik qiladi.

10. Ixtisoslashtirilgan maktab pedagog xodimlari: (1) maktab Pedagogik kengashida, maktabning boshqa ichki birlashmalarda, (2) ishchilar jamoasining umumiy yig‘ilishlarida qatnashish yo‘li bilan maktabni boshqarishda ishtirok etadilar.

11. Ixtisoslashtirilgan maktab pedagog xodimlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar:

– o‘quvchilarga o‘qitilayotgan fanning o‘ziga xos xususiyatlarini va o‘quvchilarning yoshini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya berish;

– ularda umumiy madaniyatni shakllantirishga, o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlarni ongli ravishda tanlashiga va o‘zlashtirishiga ko‘maklashish;

– o‘quv jarayonida xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta’minlash.